Har bir sayohat oldindan rejalashtiriladi. Marshrutlar, tashrif buyuriladigan joylar va vaqt taqsimoti qulay va mazmunli safar uchun ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bo‘ylab ko‘p yillik tajribamiz hamda ishonchli hamkorlarimiz bilan sayohatlaringizni ishonchli tashkil qilamiz.
Gidlarimiz sizni nafaqat diqqatga sazovor joylar bilan tanishtiradi, balki ularning tarixi va ahamiyati haqida ham qiziqarli ma’lumotlar beradi.
Mehmonxona, transport, ekskursiya va boshqa tashkiliy masalalarni bir joyda hal qilamiz. Siz esa sayohatdan zavqlanasiz.
Mercury Travel O‘zbekiston, Markaziy Osiyo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘ylab sayohatlarni tashkil etadi. Tarixiy shaharlar, madaniy obidalar, ziyorat maskanlari, tabiat qo‘ynidagi dam olish yoki biznes safarlari uchun sizga mos dasturlarni taklif qilamiz.
Biz sayohatlar, biznes safarlari va MICE tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha ishonchli hamkor hisoblanamiz. Turli yo‘nalishlar bo‘ylab individual va guruh sayohatlari, ko‘rgazmalar, forumlar hamda korporativ tadbirlar uchun kompleks xizmatlarni taqdim etamiz.
Mehmonxona, transport, ekskursiyalar va boshqa zarur xizmatlarni bir joyda taqdim etamiz. Barcha tashkiliy masalalarni o‘z zimdamizga olib, sayohat yoki tadbiringizning qulay va tartibli o‘tishiga yordam beramiz.
Mercury Travel 2006 yildan buyon sayohatlar, biznes safarlari, ko‘rgazmalar va korporativ tadbirlarni tashkil etib keladi. Tajribali jamoamiz mehmonxona, transport, ekskursiyalar va tadbir logistikasini bir joyda boshqarib, mijozlarga qulay va ishonchli xizmat ko‘rsatadi.
O‘zbekiston, Markaziy Osiyo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘ylab individual hamda guruh dasturlarini taklif etib, har bir loyihaga alohida yondashamiz.